Bu haqida Prezidentning «Tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori (PQ–347-son, 21-sentabr 2026-yil)da belgilandi.

Qarorga ko‘ra, 2030-yilgacha tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.

Unga ko‘ra:

  • tennis bilan doimiy shug‘ullanuvchilar sonini 3 ming nafarga yetkazish;
  • tennis bo‘yicha trenerlar sonini 200 nafarga yetkazish;
  • tennis sporti bo‘yicha Osiyoda top-5 talikka kirish;
  • tennis sport turini istiqbolli sport turlari qatoriga kiritish choralarini ko‘rish nazarda tutilgan.

Shuningdek, 2026-yil 1-oktabrdan O‘zbekistonda tennis bo‘yicha qator an’anaviy musobaqalarni o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

Jumladan, Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP), Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) hamda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) shafeligida xalqaro tennis musobaqalari, yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi, shuningdek, yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida Respublika chempionati o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, kattalar o‘rtasida «Uzbekistan Open» xalqaro turniri hamda erkaklar o‘rtasida «ATP Challenger» xalqaro musobaqasini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.