Litsenziya boʻyicha ariza rad etilgan har bir holatni Biznes-ombudsman oʻrganadi. Asossiz rad qilish uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi boʻyicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga oʻtkaziladi.

Oziq-ovqat eksporti uchun talab etiladigan veterinariya, sanitariya va fitosanitariya ruxsatnomalarining oʻrniga yagona “Salomatlik sertifikati” beriladi. Yangi litsenziya va ruxsatnoma joriy etishdan oldin u uch hududda olti oy eksperimentdan oʻtkaziladi.

Tadbirkorlar mulkiga ijro hujjatlari asosida taqiq qoʻyish bilan bogʻliq eʼtirozlar ham koʻpligi qayd etildi. Mazkur masalalar boʻyicha alohida uchrashuv oʻtkazilib, tizimli yechimlar belgilanadi.