Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.S. fuqaro Z.X.ga chet elda ishlab chiqarilgan aksiz markasiz tamaki mahsulotini 85 000 so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida undan umumiy bahosi 53,7 mln so‘mlik 52 turdagi 1 192 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Mirobod tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.D. 23 turdagi 601 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini fuqaro S.D.ga 42,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.