Ushbu qatnovlarning katta qismi ertalabki tig‘iz paytlarga to‘g‘ri kelganligi sababli shaharda katta tirbandliklar yuzaga keladi.  

Poytaxtimizdagi 93 ta oliy ta’lim muassasalarida yarim millionga yaqin talabalar tahsil olishini hisobga olgan holda, yangi o‘quv yilidan Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi smenadagi o‘quv mashg‘ulotlari soat 08:00 da boshlanishi belgilandi.

Bu ertalabki tig‘iz paytlarda talabalarning harakatlanishi orqali tushayotgan yuklamani kamaytirishga sabab bo‘ladi.

Ya’ni 44 000 transport vositalarining qatnovi o‘quv mashg‘ulotlari soat 09:00 da boshlanadigan vaqtda soat 08:00 dagi pikga to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa, endilikda talabalar harakatlanishi orqali tushayotgan yuklama soat 07:00 ga ko‘chiriladi.

Mazkur tartib poytaxtda transport oqimini samarali tashkil etish, ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda yo‘llardagi yuklamani kamaytirish hamda shahardagi transport vositalari oqimini maqbullashtirishga xizmat qiladi.