Buxoro davlat texnika universitetida “Naqshbandiylik an'anasi: Islomda tinchlik, bag'rikenglik va o'zaro anglashuvni rivojlantirishdagi o'rni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo'lib o'tdi.
Anjuman Qur'on tilovati va yurtimiz hamda dunyoda tinchlik-osoyishtalik hukm surishi uchun ezgu duolar bilan boshlandi.
Konferensiyada O'zbekiston, Malayziya, Zambiya, Misr, AQSh, Indoneziya, Pokiston kabi mamlakatlardan tashrif buyurgan taniqli olimlar, islomshunoslar, mutafakkirlar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Tadbirning kirish jarayoni Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi direktori Azizxo'ja Inoyatov , malayziyalik islomshunos olim Shayx Abdul Kareem Bin Said Khadaied Buxoro hamda davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova so'zga chiqdi.
Konferensiya asl Naqshbandiylik an'anasining islom ma'naviyati, tinchlik, bag'rikenglik, ma'naviy tarbiya va jamiyatda o'zaro anglashuvni malakadagi o'rni ma'ruzalar tinglandi hamda ilmiy fikr va tajribalar almashildi.
Xalqaro konferensiya turli mamlakatlar o'rtasida ilmiy-madaniy muloqotni rivojlantirish va umuminsoniy qadriyatlarni targ'ib qilishda muhim ilmiy platforma bo'lib xizmat qildi.
Hamkorlik materiali