Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.I.” oilaviy korxonasi mas’ul shaxslari “Uch chinor” MFY hududidagi ishlab chiqarish binosida tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.