Bu haqda Prezidentning “Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi farmonida belgilandi.
Farmonga koʻra, Markaz hududida quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi:
- moliyaviy, investitsiya va bank faoliyati;
- sugʻurta, raqamli (kripto) aktivlar;
- qimmatli qogʻozlar;
- toʻlov tizimlari va xizmatlari;
- islomiy va yashil moliya;
- moliyaviy texnologiyalar bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish va tranzaksiyalarni amalga oshirish;
- auditorlik, konsalting va yuridik xizmatlar koʻrsatish.
Markaz hududida konstitutsiyaviy qonun bilan oʻrnatiladigan maxsus huquqiy rejim joriy etiladi.
Markazning boshqaruv organlariga fuqarolik, korporativ, tijorat, moliya, bank, soliq, davlat xaridlari, mehnat huquqi hamda shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish sohasini tartibga soluvchi Markaz hududida tatbiq etiladigan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi beriladi.
Markaz hududida Angliya va Uels umumiy huquqi hamda adolat tamoyillari toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllaniladi.
Toshkent xalqaro tijorat sudi birinchi instansiya va apellyatsiya sudidan iborat boʻladi.