Qarorga ko‘ra:
— avtomobilni saqlash — har bir sutka uchun BHMning 20 foizi;
— maxsus transport vositasi bilan evakuatsiya qilish va tashish — har bir kilometr uchun BHMning 20 foizi.
Shu bilan birga, avtomobilni jarima maydonchasiga evakuatsiya qilishning umumiy qiymati BHMning to‘rt baravaridan oshmasligi kerak.
Yagona cheklangan tariflarning joriy etilishi tizimni yanada tushunarli va shaffof qilishga, fuqarolarni asossiz hisob-kitoblardan himoyalashga va ortiqcha to‘lovlarga yo‘l qo‘ymaslikka imkon beradi.
Asosiy maqsad — nafaqat xizmatlar narxini tartibga solish, balki poytaxt ko‘chalarida tartibni ta’minlashdir. Avtomobillar piyodalar yo‘laklarini, o‘tish joylarini va boshqa jamoat joylarini to‘sib qo‘ymasligi lozim.
Qulay shahar harakatning barcha ishtirokchilariga o‘zaro hurmatdan boshlanadi. Yo‘laklar — piyodalarga, yo‘llar — transportga, qoidalar esa barcha uchun yagona va tushunarli bo‘lishi shart.