Obidjon Moʻminov 1987-yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan. 2013-yilda Navoiy davlat pedagogika institutini, 2024-yilda esa Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasi Davlat boshqaruvi oliy maktabini (magistratura) tamomlagan.
Tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida Koʻp xonadonli uy-joy fondini boshqarish va ekspluatatsiya qilish tizimini muvofiqlashtirish hamda renovatsiya loyihalarini umumlashtirish departamenti boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.