1957-yilda tashkil etilgan markaz qariyb 70-yil davomida pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qilib kelgan. Har yili unda qariyb 7,5 ming nafar oʻqituvchining malakasi oshirib kelingan.
Yangi binoda yiliga 12 ming 250 nafardan ziyod pedagogning malakasini oshirish imkoniyati yaratildi. Bu yerda zamonaviy texnologiyalar, maxsus laboratoriyalar, STEAM xonalari, professional videostudiya va kompyuter xonalari mavjud.
Shuningdek, 50 ta yoʻnalish boʻyicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish, pedagoglar uchun 100 oʻrinli oshxona va 200 oʻrinli yotoqxonadan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Markaz Fransiya, Turkiya va Ozarbayjonning taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan boʻlib, xalqaro tajriba almashinuvini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
Markazning ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzozxon Karimova, soha mutasaddilari va pedagoglar ishtirok etdi.