Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi rahbari tezkor ogohlantiriş bilan çiqdi.
Xususan, Toşkent viloyatining Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örtaçirçiq va Yuqoriçirçiq tumanlarida, şuningdek, Angren va Olmaliq şaharlarida sel-suv toşqinlari kuzatilişi mumkin.
Şu munosabat bilan toğoldi va toğli hududlarda yaşovçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda mazkur hududlar orqali harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyot çoralarini köriş söraldi.
Şuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomğir suvlari töplanişi va buning oqibatida ayrim joylarni suv bosişi ehtimoli mavjud.
Fuqarolardan ob-havo şaroitini inobatga oliş, sel kelişi mumkin bölgan hududlar va suv oqimlari yaqinida ehtiyot böliş söraladi.