Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida
Muzokaralar chog‘ida tomonlar Toshkent shahrini kompleks renovatsiya qilish, shahar infratuzilmasini modernizatsiyalash, shuningdek shaharsizlik va ekologiya sohalariga zamonaviy yechimlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Uchrashuvda kompaniyaga renovatsiya hududlaridagi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek qurilish va maishiy chiqindilarni qayta ishlashga mo‘ljallangan, zamonaviy ekologik standartlarga javob beradigan maxsus poligon qurilishida ishtirok etish taklif qilindi.
Shu bilan birga, poytaxt transport infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Toshkentda qo‘shimcha pullik avtomobil yo‘llarini barpo etish, taxminan 100 kilometrlik halqa pullik yo‘li, shuningdek yangi xalqaro aeroport yo‘nalishida shahar markazidan o‘tuvchi yangi pullik magistral qurish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralarda ijtimoiy infratuzilma obyektlari — zamonaviy maktablar, bolalar bog‘chalari, tibbiyot muassasalari va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega inshootlar qurilishi masalalari ham muhokama qilindi.
Kompaniya vakillari bildirilgan tashabbuslarni o‘rganishga qiziqish bildirib, Toshkent shahar hokimligi bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanini ma’lum qildi.