Yangi tartibga köra, avtomobilni evakuatorga yuklaşdan tortib, uni egasiga qaytarişgaça bölgan jarayon yagona elektron tizim orqali amalga oşiriladi.
Qoidalarga muvofiq, agar haydovçi evakuatorga yuklaş jarayoni boşlanguniga qadar qaytib kelib, qoidabuzarlikni bartaraf etsa, avtomobil evakuatsiya qilinmaydi. Biroq yuklaş jarayoni boşlanganidan keyin evakuatsiyani töxtatiş mumkin bölmaydi.
Avtomobilni saqlaş uçun tölov uning evakuatorga yuklangan vaqtidan boşlab, har bir sutka uçun hisoblanadi. Transport vositasi egasiga faqat elektron tizim orqali rasmiylaştirilgan QR-kodli ruxsatnoma asosida qaytarib beriladi.
Şuningdek, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştirilganidan keyin 6 oy davomida olib ketilmasa, yuzaga kelgan qarzdorlik majburiy tartibda undiriladi. 12 oy ötgaç esa sud tomonidan transport vositasini egasiz deb topiş masalasi körib çiqilişi mumkin.
Toşkent şahri uçun belgilangan eng yuqori tariflarga köra:
- avtomobilni evakuatsiya qiliş — har bir kilometr uçun 88 ming sömgaça, biroq umumiy summa 1 million 760 ming sömdan oşmasligi kerak;
- jarima maydonçasida saqlaş — har bir sutka uçun 88 ming sömgaça.
Masalan, avtomobilni 3 kilometr masofaga evakuatsiya qiliş va jarima maydonçasida 3 sutka saqlaş uçun jami 528 ming sömgaça tölov talab etilişi mumkin. Bunga yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilanadigan jarima ham qöşiladi.
Yangi tartibdan közlangan maqsadlardan biri — evakuatsiya jarayonining şaffofligini taʼminlaş, avtomobillarni saqlaş va qaytariş bilan boğliq jarayonlarni raqamlaştirişdan iborat.
Şu bilan birga, haydovçilarga avtomobillarni trotuarlar, yaşil hududlar va jamoat transporti bekatlarida qoldirmaslik tavsiya etiladi. Bu piyodalar va boşqa yöl harakati iştirokçilari uçun qulay hamda xavfsiz muhitni taʼminlaşda muhim ahamiyatga ega.