Unda mamlakatimizning taniqli olim va akademiklari, professor-öqituvçilar, yozuvçi va şoirlar, madaniyat va sanʼat namoyandalari, jurnalistlar hamda taşabbuskor yoşlar iştirok etmoqda. Ular orasida Xorazm viloyatining ilm-fan, taʼlim, adabiyot va sanʼat sohalarida faoliyat yuritayotgan ziyolilari ham bor.

Muloqot davomida mamlakatda ilm-fanni rivojlantiriş, ziyolilarning jamiyat hayotidagi örni va nufuzini oşiriş, milliy qadriyatlar hamda maʼnaviy merosni asrab-avaylaş, yoş avlodni ilm-maʼrifat ruhida tarbiyalaş masalalari muhokama qilinmoqda.

Tadbir iştirokçilari, şuningdek, Urganç davlat universiteti rektori Feruza Madraximova boşçiligida oliy taʼlim muassasasi hududidagi «Buyuk mutafakkirlar xiyoboni» bilan tanişdi. Ular buyuk ajdodlarimiz, adib va mutafakkirlar haykallari poyiga gulçambarlar qöyib, ularning ilmiy-maʼnaviy merosiga hurmat körsatdi.

Taʼkidlanganidek, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etişda ilm-fanga tayaniş, ziyolilarning jamiyatdagi faolligi va masʼuliyatini oşiriş muhim ahamiyatga ega.

Muloqotdan közlangan maqsad — ziyolilarni milliy yuksaliş, ilm-maʼrifat va taraqqiyot yölida birlaştiriş, yangi taşabbuslarni ilgari suriş hamda istiqboldagi vazifalarni belgilaşdan iborat.

Hamkorlik materiali