Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahridagi “Qoʻylik” bozori yaqinida shubhali holda toʻxtab turgan Cobalt avtomashinasi koʻzdan kechirilgan. Avtomobilda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs hamda Denov shahrida tugʻilgan, hozirda poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaro boʻlgan.

Tekshiruv jarayonida avtomashina salonidagi idish ichida jami 34 kg 610 gramm ogʻir turdagi giyohvandlik vositalari aniqlangan. Ular orasida 12 kg 960 gramm opiy va 21 kg 650 gramm gashish bo‘lgani qayd etildi.

Holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Ayni paytda tergov doirasida mazkur jinoyatga aloqador boʻlgan boshqa shaxslarni aniqlash boʻyicha tezkor chora-tadbirlar davom etmoqda.