Mazkur işlar poytaxtning Yunusobod, Şayxontohur, Yakkasaroy, Çilonzor, Uçtepa, Mirzo Uluğbek, Yaşnobod, Mirobod, Sergeli, Yangihayot va Olmazor tumanlaridan oqib ötuvçi kanallarning umumiy uzunligi 66,55 kilometr bölgan qismlarini qamrab oladi.
Obodonlaştiriş işlari bilan bir qatorda, kanallarning muhofaza zonalarida yer maydonlaridan noqonuniy foydalaniş holatlarini bartaraf etiş çoralari ham körilmoqda.
Xususan, beşta kanalning muhofaza hududlarida 11,46 gektar maydonda yerlarni özboşimçalik bilan egallaş bilan boğliq 326 ta holat aniqlangan.
Bugungi kunga qadar ularning 275 tasi böyiça, jami 8,41 gektar maydondagi noqonuniy bino va inşootlar bartaraf etilgan. Qolgan 51 ta holat böyiça 3,06 gektar maydonda tegişli işlar davom ettirilmoqda.
Şu tariqa, aniqlangan noqonuniy egallaş holatlarining 84 foizi bartaraf etilgan.
Kanal qirğoqlarini mustahkamlaş, muhofaza hududlaridan foydalanişni tartibga soliş va obodonlaştiriş işlari poytaxtdagi suv yöllari atrofini yanada tartibli, ekologik jihatdan obod hamda aholi uçun qulay hududlarga aylantirişga qaratilgan.