Joriy yilning 16-may tonggi soat 03:30 larda Yangihayot tumani, Yangi Choshtepa mahallasi hududida 1994-yilda tug‘ilgan M.S. mast holatda bo‘la turib, 1997-yilda tug‘ilgan O.O. ga tegishli Nexia-3 rusumli avtomashinani tepib shikast yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan M.S.ga nisbatan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 61 prim.2-moddasi (“Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish”) va 183-modda (“Mayda bezorilik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tumani sudiga yuborilgan.