Bu haqida «Toshkent metropoliteni» DUK axborot xizmati ma’lum qildi.
Aytilishicha, shu yilning 14 aprel, seshanba kuni soat taxminan 12:53 da Toshkent metrosining «Alisher Navoiy» bekatida yo‘lovchilarni qabul qilib, harakatlangan 34-sonli harakat tarkibi mashinisti Sh.A. eshiklarni yopish buyrug‘ini berganiga qaramay, uchinchi vagonning birinchi eshigi to‘liq yopilmagan.
Mashinist esa eshik yopilmasada, harakatni davom ettirgan. Keyingi bekatda poezd to‘xtatilgan va yo‘lovchilar tushirilib, harakat tarkibi texnik ko‘rik yo‘lagiga olib ketilgan.
Eshiklari ochiq holatda harakatlangani uchun esa holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, mashinist Sh.A. Abilkasimovga nisbatan qat’iy intizomiy chora ko‘rilishi belgilangan.
Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raldi.