Tantanali ochilish marosimida Sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi rahbariyati, xorijiy mehmonlar hamda sport jamoatchiligi vakillari qatnashdi.
Unda Osiyo MMA assosatsiyasi prezidenti Gordon Tang, Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari prezidenti Aziz Tashpulatov soʻzga chiqib, qatnashchilarga omad tilashdi.
Tadbirda sport doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlovchi muhim vosita ekani, shuningdek, Osiyoda MMA sport turini rivojlantirishda bunday musobaqalar muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Qayd etilishicha, mazkur chempionat Osiyo oʻyinlari uchun 4-bosqich — hal qiluvchi saralash turniri hisoblanadi. Gʻolib va sovrindor sportchilar Saudiya Arabistonida oʻtadigan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.
Musobaqada Oʻzbekiston 50 nafar sportchidan iborat milliy terma jamoa bilan qatnashmoqda. Ular turli yosh va vazn toifalarida yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.