Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, geografiya fanlari doktori Doniyor Turğunov şu haqdagi kutilmalar böyiça maʼlumot berdi.
Mutaxassis xulosasiga köra, 19–20-noyabr kunlari ğarbdan havo massalarining kirib kelişi, qisqa muddatli yoğingarçilik va şamolning kuçayişi kutilmoqda. Bu esa atmosferadagi havo aylanişini faollaştirib, Toşkentda ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişiga yordam beradi.
21–26-noyabr kunlari nisbatan qulay meteorologik şaroit yuzaga keladi. Biroq ertalabki soatlarda harorat inversiyasi va tuman hodisalari tufayli qisqa muddatli havo ifloslanişi kuzatilişi mumkin.
Eng noqulay davr 27–30-noyabr kunlariga töğri kelişi kutilmoqda. Bu vaqtda şimoldan sovuq havo massalari kirib kelişi va antitsiklon taʼsiri kuçayişi prognoz qilingan. Natijada Toşkentda harorat inversiyasi kuçayib, atmosferadagi ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişi sekinlaşişi mumkin.
Şu munosabat bilan mutaxassislar, ayniqsa, uşbu davrda atmosferaga çiqindi çiqaruvçi faoliyat bilan şuğullanuvçi korxona va taşkilotlar, tadbirkorlardan ekologik talablarga yanada qatʼiy rioya etişni söramoqda.
Institut mutaxassislari tahlillari asosida bir neçta muhim xulosalarni ham keltirgan.
Birinçidan, 2026-yil oktyabr oyining sönggi ön kunligida kuzatilgani kabi kuçli antitsiklon taʼsiri noyabr oyida kutilmayapti.
Ikkinçidan, 2025-yil noyabr oyining sönggi ön kunligidagi kabi kuçli antitsiklon va yuqori harorat inversiyasi şaroiti şakllanişi prognoz qilinmayapti.
Uçinçidan, yoğingarçilik miqdori kam bölişi mumkinligiga qaramay, havo massalari va sinoptik jarayonlarning bir neça bor almaşinişi atmosferadagi ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişiga yordam beradi.
Şu bilan birga, keçki inversiya holatlari kuz-qiş mavsumiga xos tabiiy jarayon sifatida saqlanib qoladi. Bu esa keçasi va ertalabki soatlarda tuman tufayli havo ifloslanişining qisqa muddatli oşişiga sabab bölişi mumkin.
Umuman olganda, mutaxassislar xulosasiga köra, joriy yil noyabr oyidagi meteorologik şaroitlar ötgan yilning şu davriga nisbatan ança qulay bölişi kutilmoqda. Şu bois 2025-yil noyabr oyining oxirida kuzatilgan holatning takrorlanişi prognoz qilinmayapti.