Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, holatga Toshkent issiqlik elektr stansiyasidagi transformatorda yuzaga kelgan nosozlik sabab bo‘lgan.

Ushbu texnik nosozlik oqibatida Mirobod, Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida elektr taʼminoti vaqtincha to‘xtagan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod va Yashnobod tumanlari aholisi ham elektr energiyasidagi uzilishlar haqida xabar bergan.

Energetika vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, soat 13:01 da nosozlik bartaraf etilgan. Soat 13:22 da barcha iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq qayta tiklandi.