Mahalliy OAVning maʼlum qilishicha, hodisa markaziy Oniqishubat tumanidagi maktablardan birida tushlik vaqtida yuz bergan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 8-sinf o‘quvchisi ov miltig‘i bilan maktabga kirib, tasodifiy tarzda o‘q uzgan. Halok bo‘lganlarning biri o‘qituvchi, uch nafari o‘quvchi. Yaralanganlarning 4 nafari og‘ir ahvolda.
Huquq-tartibot idoralari maʼlumotiga ko‘ra, hujumchi hodisa davomida o‘zini o‘zi otib halok bo‘lgan. U maktab o‘quvchisi bo‘lib, otasiga tegishli qurollarni olgani taxmin qilinmoqda.
Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan. Tergov doirasida bir nechta prokurorlar jalb etilgan.