Mazkur hodisa yuzasidan 15 yoshli gumonlanuvchi, uning ota-onasi va hujumda qo‘llanilgan qurol egasi bo‘lgan bobosi qo‘lga olindi.

A Haberning xabar berishicha, Turkiya adliya vaziri Akin Gyurlek tergovga oid yangi tafsilotlarni ma’lum qildi.

Hodisa ertalab Turgutlu tumanidagi Inji Uzmez litseyi yaqinida yuz berdi. Noma’lum shaxs o‘quv muassasasiga borayotgan o‘quvchilarga qarata tartibsiz ravishda o‘t ochdi.

Gumonlanuvchi hujumdan ko‘p o‘tmay qo‘lga olindi. Uo‘sha litseyoning 15 yoshli o‘quvchisi bo‘lib chiqdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Turgutlu prokuraturasi hodisadan so‘ng darhol keng qamrovli tergov ishlarini boshlagan. Tergov doirasida hujum uyushtirgan shaxsdan tashqari uning onasi, otasi va bobosi ham qo‘lga olindi. Tergovchilar hujumda foydalanilgan qurol o‘smirning bobosiga tegishli ekanligini aniqlashdi.

Huquq-tartibot organlari voyaga yetmagan shaxs qurolni qanday qo‘lga kiritgani, u qanday sharoitda saqlangani hamda ota-ona farzandni parvarishlash va nazorat qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini tegishli tarzda bajargan-bajarmaganini tekshirmoqda.

Shuningdek, rasmiylar o‘smir hujumdan oldin tengdoshlari tomonidan tazyiqqa uchragan bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni ham o‘rganmoqda.

Turkiya Milliy ta’lim vazirligi ushbu o‘rta maktabda darslar 22-sentabr kuni to‘xtatilganini e’lon qildi. O‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalarga yordam ko‘rsatish uchun psixologik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash guruhlari jalb etildi, deb xabar berdi report.az.