Toshkent shahrida yashovchi, 1981-yilda tugʻilgan shaxs tegishli litsenziyaga ega boʻlmagan holda oʻzini “Umra” ziyoratini tashkil etishga ruxsat berilgan turfirmaning goʻyoki vakili sifatida tanishtirgan. U 3 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga “Umra” safariga yuborish va muqaddas amallarni toʻliq bajarishlarini taʼminlab berish evaziga jami 3450 AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ichki ishlar organlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs 3400 dollar va 600 ming soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Fargʻona shahrida ham shunga oʻxshash holat aniqlangan. 1998-yilda tugʻilgan shaxs tanishlari orqali 4 nafar fuqaroni “Umra” ziyoratiga yuborishni vaʼda qilib, buning evaziga jami 4200 AQSH dollari talab qilgan.

U soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.