“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar hamda Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Xorazm viloyatining Urganch tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2000 y.t., muqaddam sudlangan shaxs Rossiya Federatsiyasidan taksi orqali yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olgan vaqtida to‘xtatilib tekshirildi.
Natijada mazkur jo‘natma ichida 10 dona shokolad paketlariga qadoqlangan jami 967 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.
DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1988 y.t. shaxs o‘ziga tegishli yer maydonida 423 tup kannabis o‘simligini kelgusida sotish maqsadida yetishtirib kelayotganligi aniqlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirildi.