Rodriges tomonidan e’lon qilingan yangilangan hukumat hisobotiga ko‘ra, 16 740 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan, yana 17 907 kishi uysiz qolgan. 190 ta inshoot butunlay vayron bo‘lgan va 856 ta bino jiddiy zarar ko‘rgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 6462 kishi qutqarildi, 35 781 kishi shifoxonalarda tibbiy yordam oldi. 128 324 oilaga yordam ko‘rsatildi, 21 210 kishi 107 ta vaqtinchalik lagerlarga joylashtirildi va jabrlanganlarga 10 063 tonna oziq-ovqat yetkazib berildi.

24 iyun kuni kechqurun Venesuelada zilzilalar qayd etildi. Taxminan 40 soniya oralig‘ida 7,2 va 7,5 magnitudali ikki bor zilzila sodir bo‘ldi. Ikkala zilzila epitsentrlari Yarakuy shtatida bir-biridan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan edi. Asosiy zilziladan so‘ng 1308 bor aftershok qayd etildi, deb xabar berdi report.az.