Farmonga koʻra, 2026 yil 1 sentabrdan boshlab Avstraliya, AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Koreya Respublikasi, Shengen kelishuvi ishtirokchisi boʻlgan davlatlar, Yangi Zelandiya yoki Yaponiyaning amaldagi koʻp martalik biznes yoki turistik vizasiga ega boʻlgan Hindiston fuqarolari uchun Oʻzbekistonga kirish tartibi soddalashtiriladi.
Ular mazkur vizalardan birining amal qilish muddati davomida, oʻz yoki uchinchi mamlakatga uchish uchun aviachiptani taqdim etgan holda Oʻzbekistonga kirgan kundan eʼtiboran 30 kungacha vizasiz boʻlib turish huquqiga ega boʻladi.