50 ta 40 futlik konteynerdan iborat poyezd Xitoyning bir nechta stansiyalaridan jo‘nab, keyinchalik Urumchi shahridagi Sanpin stansiyasida jamlanadi. Shundan so‘ng yuklar Qozog‘istonning Altinko‘l stansiyasi orqali Afg‘onistonga yetkaziladi.
Ma’lum qilinishicha, poyezd tarkibida kantselyariya mahsulotlari, quyosh panellari uchun butlovchi qismlar, matolar hamda boshqa sanoat va iste’mol tovarlari tashilmoqda.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha joriy yil 30 may kuni yana 50 ta konteynerdan iborat navbatdagi poyezdni jo‘natish rejalashtirilgan.
Kompaniya qayd etishicha, xalqaro logistika zanjirlarini rivojlantirish, yangi transport koridorlarini yo‘lga qo‘yish va samarali transport yechimlarini taklif etish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.