Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ellikqal’a tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro R.S. 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Dubay shahri va Moldaviya davlatiga ishga yuborishini aytib, 2 000 AQSh dollari va 4 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “E.W.” MChJ rahbari B.U. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro Sh.L.ning ishonchiga kirib, uni migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari orqali Belorussiya davlatiga ishga yuborishlarini va’da berib, 500 AQSH dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.