Mazkur holat yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ga murojaat qilingan, deya xabar beradi Ombudsman Axborot xizmati maʼlum qildi.
Murojaatchining yozishicha, xodimlar buning sababini tushuntirmagan va tegishli hujjatlarni koʻrsatmagan.
Murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, unda keltirilgan vajlar Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakil tomonidan oʻrganilgan. Ichki ishlar organlari xodimlarining harakatlariga huquqiy baho berish uchun Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga nazorat xati yuborilgan.
Natijada Xovos tumani IIBning ayrim xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Tekshiruv yakuniga koʻra, xizmat faoliyatida aniqlangan kamchiliklar uchun 4 nafar xodimga «hayfsan» va «tanbeh» intizomiy jazosi qoʻllanilgan.
Yana bir nafar xodimning xatti-harakatlariga yakuniy baho berish masalasi esa Intizomiy kengashga havola etilgan.