Ma’lumotlarga ko‘ra, inshoot operatori Electric Power Company (KЕRSO) hodisa tufayli reaktorni qo‘lda o‘chirishga majbur bo‘lgan.
Jarohatlanganlar haqida xabarlar yo‘q. Bug‘ sizib chiqishi atrof-muhitga ta’sir qilmadi. Radiatsiya fonida hech qanday o‘zgarishlar qayd etilmadi. Kompaniya hodisa sababini aniqlash uchun tergov olib bormoqda.
Mihama atom elektr stansiyasi Yapon dengizi sohilida, Xonsyu orolida, Tokiodan taxminan 320 kilometr g‘arbda joylashgan. Stansiya qurilishi 1967-yilda boshlangan va mos ravishda 340 MVt, 500 MVt va 826 MVt quvvatga ega jami uchta PWR reaktori qurilgan.
Birinchi va ikkinchi energiya bloklari 2015-yilda halokat yuz berishi mumkinligi haqidagi xavotirlar tufayli foydalanishdan chiqarildi. Uchinchi energiya bloki vaqtincha to‘xtatildi, ammo xavfsizlik tizimlari modernizatsiya qilingandan so‘ng, u 2021-yilda qayta ishga tushirildi. 2022-yil sentabr oyidan beri ushbu energiya bloki odatiy ishlamoqda, deb xabar berdi report.az.