Murakkab vaziyatlarda aholi xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash va xizmat vazifalarini namunaviy bajarish orqali ichki ishlar organlarining ijobiy imijini yuksaltirishga hissa qoʻshgan bir guruh xodim Ichki ishlar vazirligining idoraviy mukofotlari bilan taqdirlandi.
Xususan, IIVning «Aʼlo xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni bilan quyidagilar taqdirlandi:
— katta serjant Doniyorbek Rustamov (Toshkent viloyati IIBB);
— katta serjant Sunnatillo Mustafoyev (Navoiy viloyati IIB);
— katta serjant Feruz Namozov (Navoiy viloyati IIB).
Shuningdek, xizmat vazifalarini namunaviy ado etgani uchun katta serjant Bunyod Aslonov (Navoiy viloyati IIB) IIVning «Esdalik qoʻl soati» bilan ragʻbatlantirildi.
Qayd etilishicha, bunday fidoyi va masʼuliyatli xizmat ichki ishlar organlari xodimlarining aholi xavfsizligini taʼminlash, favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish va xalq ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.