Maʼlum qilinishicha, soʻnggi haftalarda futbolchining bel qismida ogʻriqlar kuzatilgan. Dori-darmonlar va fizioterapiya muolajalari natijasida uning ahvoli maʼlum darajada yaxshilangan.
Biroq keyinchalik ogʻriqlar yana qayta bezovta qila boshlagan. Oʻtkazilgan MRT tekshiruv natijalariga koʻra, Masharipovda umurtqalararo disk churrasi qayta xuruj qilgani aniqlangan.
Ayni paytda futbolchining sogʻligʻini tiklash boʻyicha Oʻzbekiston milliy jamoasi tibbiy shtabi tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Holat yuzasidan yakuniy tibbiy xulosalar olingandan soʻng qoʻshimcha maʼlumot taqdim etilishi bildirildi.