⠀“Oldimizda turgan muhim vazifalardan biri, siz o'zingizni namoyon qilishingiz uchun zarur sharoitlarni yaratib berish. O'qishda, ishda, ijodda, sportda, ijtimoiy faoliyatda o'zingizni topa olishingizni istaymiz. Qobiliyatingiz, qiziqishlaringizni yuzaga chiqarishda hech qanday to'siq bo'lmasin, deymiz”, — dedi Ziroat Mirziyoyeva o'quvchilar bilan uchrashuvda.
⠀
“Muhim vazifalarimizdan biri – inklyuziv jamiyatni yaratish. Siz oʻz mahoratingizni oshirib, sifatli taʼlim olishingiz va toʻsiqlarsiz jamiyatga yanada moslashishingizni istaymiz”, – dedi Ziroat Mirziyoyeva o’quvchilar bilan uchrashuvda.
⠀
Ziroat Mahmudovna har bir bola ta’lim olishda teng huquqli bo‘lishi, o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.
⠀
“Zamin” fondi eshitish qobiliyati zaif bolalar ta’limini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida maktablarga zamonaviy FM tizimlarini sovg‘a qildi. Umuman olganda, joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida joylashgan 8 ta ixtisoslashtirilgan maktablarda ana shunday jihozlar o’rnatiladi. 2022-yil oxirigacha Respublika bo’ylab barcha 18 ta maktablar to‘liq jihozlanishi kutilmoqda. Shu bilan bir qatorda o‘quv jarayonida jihozlardan foydalanish bo‘yicha ham o’qituvchilar uchun xorijlik mutaxassislar tomonidan maxsus treninglar o‘tkazilmoqda.
⠀
FM-tizim kerakli tovushlarni bevosita o‘quvchining eshitish apparatlariga uzatayotgani tufayli bolalar o‘qituvchining gapini eshitadilar va nutqni sinfda ham, shaxsiy darslarda ham rivojlantiradilar.
⠀
Samaradorlikni ta’minlash maqsadida “Zamin” fondi ko‘magida ixtisoslashtirilgan maktablarning 2 ming nafar o‘quvchisiga 2 donadan zamonaviy eshitish apparati bepul topshirilmoqda. Shu bilan birga, bir guruh mutaxassislar bolalarning eshitish qobiliyatini diagnostika qilish va eshitish vositalarini individual sozlashni amalga oshirmoqda.
“Zamin” fondi eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun maktab-internatlarni yordamchi jihozlar bilan ta’minlash ishlarini davom ettirmoqda
“Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Zarbdor tumanidagi 1 va 2-sonli maktablarda bo‘ldi.
Qashqadaryo viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi
- Farg‘onada 16 nafar hokim yordamchisi javobgarlikka tortildi
- Fuqarolarni yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi belgilandi
- Navoiyda bog‘cha bolalarini olib ketayotgan Matiz ag‘darildi, haydovchi vafot etdi
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga yangi birinchi oʻrinbosar tayinlandi
- Oʻzbekistonda 60 nafar Ikkinchi jahon urushi faxriysi qolgan
Navoiyda 8 yoshli o‘quvchi ingliz tilidan B2 darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi
- Prezidentimiz Bogʻimaydon mahallasidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
- Sindarov Javohir Sanjarbekovichni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
- “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
- Oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilgani ochiqlandi
- Davlatimiz rahbari Quvada joriy etilgan agrovoltaika texnologiyasi bilan tanishdi