Infantino o‘zining rasmiy sahifasida e’lon qilgan murojaatida O‘zbekiston futbolchilari butun dunyoga va o‘z yurti aholisiga har qanday buyuk orzu amalga oshishi mumkinligini isbotlaganini ta’kidladi.

«Siz butun dunyoga va o‘z yurtingizdagi insonlarga har qanday katta orzu amalga oshishi mumkinligini isbotladingiz», — deb yozdi FIFA rahbari.

Uning qayd etishicha, O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk golini stadionda shaxsan kuzatgan va o‘sha daqiqalarda futbolchilar hamda muxlislar qanday hayajonni boshdan kechirganini yaxshi his qilgan.

«Ishonchim komilki, bu tarixiy tajriba O‘zbekistonda futbolning yanada rivojlanishiga katta turtki beradi. Kelajakda sizlarga omad tilayman», — dedi Janni Infantino.