Ma’lum qilinishicha, tumandagi 19-maktabning 5-sinf o‘quvchisi qo‘shnisiga tegishli avtomobilni boshqargan va bu jarayonni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.

Holat aniqlanganidan so‘ng Surxondaryo viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari voyaga yetmagan bola va uning onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi.

Huquqbuzarlik yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.