— «Juda xursandman. Turnir hali tugamadi, lekin oldindan yutib qo‘yganimdan xursandman. Agar bugun yutqazganimda, kun juda og‘ir o‘tardi. Yaxshi o‘ynadim. Kecha oilaviy chatda
Jamoasi haqida shunday dedi:
— «Menda uchta sekundant bor. Bittasi shu yerda edi, qolganlari online yordam berdi. Roman Vidonyak bilan ko‘proq ko‘nikmalar va psixologiya ustida ishlaymiz. Jamoamiz juda zo‘r. Hozircha hammani ochiqlamayman, chunki oldinda match ham bor.»
Turnir davomida bosim bo‘lganini ham yashirmadi:
— «Yaxshi pozitsiyada bo‘lsam, ko‘p yuraman. Bu odat bo‘lib qolgan. Lekin ayrim partiyalar juda og‘ir bo‘ldi, ayniqsa Fabiano Karuanaga qarshi va birinchi tur. Birinchi turda omad ham rol o‘ynadi va bu butun turnirni o‘zgartirdi. Bunday turnirni yutish uchun biroz omad ham kerak.»
Sevimli partiyalari haqida bunday javob berdi:
— «Praggga qarshi ikkala partiya ham yoqdi. Lekin Fabiano Karuanaga qarshi partiya alohida yoqdi. Men odatda shunaqa o‘yinlarni afzal ko‘raman.»
Tayyorlik haqida ham to‘xtalib o‘tdi:
— «Bu turnir oldidan debyutlar ustida ko‘proq ishladim. Jamoamiz bilan ko‘p tayyorlandik. Bundan tashqari murabbiyim bilan umumiy o‘yin darajam ustida ham ishladik.
Va eng muhim maqsad:
— «Bugun eng avvalo oilamga qo‘ng‘iroq qilaman. Bu lahzani ular bilan bo‘lishishni xohlayman. Keyingi vazifam esa jahon chempionligi uchun matchda maksimal darajada yaxshi o‘ynash.»