Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining murojaati asosida Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan «Ulug‘bek» MFY hududidagi 190 gektar yer maydoni ixtiyoriy ravishda davlat zaxirasiga qaytarildi.

Shu munosabat bilan Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi hamda shahar qurilish bosh boshqarmasi ushbu yer maydonini hokimlik tasarrufidagi bo‘sh yer sifatida hisobga olib, tegishli hujjatlarga o‘zgartirish kiritadi.

Qarorga ko‘ra, 2017 yil 23 avgustda qabul qilingan yer ajratish bo‘yicha avvalgi qarorga ham o‘zgartirish kiritilib, yer maydoni hajmi 18,12 gektardan 1,73 gektarga qisqartirildi.