Terma jamoamizning bugungi o‘yin uchun qaydnomasi tarkibidan 26 nafar futbolchi o‘rin olgan.
Unga ko‘ra, Abdulqodir Husonov va Eldor Shomurodov kabi yetakchilar asosiy tarkibdan joy olgan. O‘tkir Yusupov, Xojiakbar Alijonov va Abbos Fayzullayev singari futbolchilar esa zaxirada qoldirildi.
AQShga jo‘nab ketganlardan Xojiakbar Alijonov, Behruz Karimov, Umarali Rahmonaliyev va Sherzod Temirov bugungi o‘yin tarkibiga kiritilmagan.
Maʼlumot o‘rnida, ushbu bahs Kanadaning Edmonton shahridagi «Commonwealth» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 06:00 da start oladi.