Tahlillarga koʻra, mart oyida uy-joy bozorida kuzatilgan yuqori faollik, asosan, apreldan joriy etilgan eskrou hisob-kitob tizimi bilan bogʻliq boʻlgan. Aprel oyida esa bozorda nisbatan moʻtadil holat kuzatildi.
Oy davomida respublika boʻyicha 23,3 mingta uy-joy oldi-sotdi bitimi rasmiylashtirilgan boʻlib, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 4,7 foizga kamdir. Shu bilan birga, yil boshidan buyon amalga oshirilgan bitimlar soni 125 mingtadan oshib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 34,8 foizga koʻpaygan.
Hududlar kesimida eng yuqori oʻsish Sirdaryo viloyatida qayd etildi. Yanvar–aprel oylarida bu yerda uy-joy bitimlari 50 foizga oshgan. Andijon viloyatida oʻsish 42 foizni tashkil etgan boʻlsa, Toshkent shahrida uy-joy savdosi 46 foizga koʻpaygan.
Tahlilda qayd etilishicha, bozor faolligi qurilish hajmining oshishi bilan ham bogʻliq. 2025 yil yakuniga koʻra, respublika boʻyicha 15,9 million kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirilgan. Bu avvalgi yilga nisbatan 2,8 foizga yuqori koʻrsatkichdir.
Eng yuqori qurilish hajmi Toshkent viloyatida kuzatilib, bu yerda qariyb 2 million kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirilgan.
Ikkiламчи uy-joy bozorida esa narxlar oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻrtacha 8,5 foizga oshgan. Eng yuqori oʻsish Sirdaryo viloyatida — 20 foiz, Surxondaryo viloyatida — 16,5 foiz va Buxoro viloyatida — 16,3 foiz darajasida qayd etilgan.
Yil boshidan buyon ham ijobiy dinamika saqlanib qolmoqda. Yanvar–aprel oylarida respublika boʻyicha ikkilamchi bozorda narxlar oʻrtacha 2,9 foizга oshgan. Bu borada Surxondaryo viloyati, Samarqand viloyati va Xorazm viloyati yetakchilik qilmoqda.
Eng qimmat uy-joy bozori hanuz Toshkent shahrida saqlanib qolmoqda. Aprel oyida poytaxtda ikkilamchi uy-joyning oʻrtacha narxi bir kvadrat metr uchun taxminan 1150 dollarni tashkil etgan. Keyingi oʻrinlarda Samarqand viloyati — 900 dollar va Toshkent viloyati — 690 dollar bilan qayd etilgan.
Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy narxlari yillik hisobda 6,1 foizga oshgan. Eng yuqori oʻsish Mirzo Ulugʻbek tumani, Mirobod tumani va Chilonzor tumanida kuzatilgan.
Birlамчи uy-joy bozorida esa oʻsish surʼati yuqoriroq boʻlib, narxlar oʻtgan yilning aprel oyiga nisbatan 8,8 foizga koʻtarilgan. Eng yuqori oʻsish Yunusobod tumani, Mirzo Ulugʻbek tumani va Bektemir tumanida qayd etilgan.
Shu bilan birga, poytaxtda ijara bozori ham oʻsishda davom etmoqda. Aprel oyida uy-joy ijаrasining oʻrtacha qiymati bir kvadrat metr uchun 9,2 dollarni tashkil etgan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 9,1 foizga yuqori.
Ijara narxlari eng yuqori darajada Mirobod tumani, Shayxontohur tumani va Yakkasaroy tumanida saqlanib qolmoqda.