Shuningdek, delegatsiyalar rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Jumladan:

– Bojxona ishlarida hamkorlik va oʻzaro maʼmuriy yordam toʻgʻrisida bitim;

– Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Kasbiy va oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Gruziya Hukumati oʻrtasida 2026-2027-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;

– Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Gruziya Madaniyat vazirligi oʻrtasida 2027-2030-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;

– Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Gruziya Moliya vazirligi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi;

– “E-Permit” ruxsatnomalar almashinuvi axborot tizimini joriy etish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;

– Qishloq xoʻjaligi sohasida oʻzaro anglashuv memorandumi;

– Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;

– Sogʻliqni saqlash sohasida oʻzaro anglashuv memorandumi;

– Radiatsiyaviy himoya va yadroviy xavfsizlik masalalari boʻyicha hamkorlik hamda axborot almashish toʻgʻrisida memorandum;

– Mehnat migratsiyasi sohasida oʻzaro anglashuv memorandumi;

– Turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum.

Shuningdek, tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan Gruziya Adliya vazirligining Majburiy ijro byurosi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum ham imzolandi.