Tomonlar davlatlar rahbarlari o‘rtasidagi ishonchli muloqot media sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochayotganini ta’kidladi.

Delegatsiya a’zolari «Ipak yo‘li yoshlarI: O‘zbekiston» hujjatli filmining premyerasida ishtirok etdi. Filmda O‘zbekiston yoshlarining hayoti va intilishlari xitoylik tomoshabinlarga tanishtirilgan.

Shuningdek, Xitoy xalqaro kommunikatsiyalar guruhi (CICG) vakillari bilan jurnalistlar malakasini oshirish, qo‘shma filmlar tayyorlash hamda ikki mamlakat hayotini birgalikda yoritish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida Xitoyning qator yetakchi media tashkilotlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvlardan asosiy maqsad milliy media sohasi uchun yangi ijodiy va professional imkoniyatlarni yaratishdan iborat.