Oçiliş marosimida Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati akademik Akmal Saidov maʼruza qildi.

Anjuman Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Din işlari böyiça qömita, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, şuningdek, Özbekistonning BMT bölinmasi va Jenevadagi boşqa xalqaro taşkilotlar huzuridagi Doimiy vakolatxonasi tomonidan taşkil etildi.

Tadbir Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2025-yil sentyabr oyida BMT Boş Assambleyasining 80-sessiyasida ilgari surgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiyning boy maʼnaviy va ilmiy merosi böyiça BMTda maxsus taqdimot ötkaziş taşabbusi ijrosi doirasida taşkil etildi.

Anjumanning asosiy maqsadi xalqaro hamjamiyatni Movarounnahrning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qöşgan ulkan hissasi bilan taniştiriş, özbek xalqining maʼnaviy va ilmiy merosini keng tarğib qiliş, şuningdek, ilm-fan, taʼlim, madaniyat sohalarida hamda maʼrifat va bağrikenglik ğoyalarini ilgari suriş borasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşdan iborat böldi.

Konferensiyada diplomatik korpus, xalqaro ilmiy va ekspertlar hamjamiyati, Özbekistonning davlat hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, şuningdek, xorijlik mutaxassislar iştirok etdi.

Oçiliş marosimida BMTning Jenevadagi bölimi Boş direktori Tatyana Valovaya, Özbekistonning Jenevadagi doimiy vakili Eldiyor Toşmatov, Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov sözga çiqdi.

Akmal Saidov öz nutqida Özbekiston qadimiy davlatçilik, boy huquqiy madaniyat va köp asrlik ilmiy anʼanalarga ega mamlakat ekanini taʼkidladi. Bunga maʼnaviy va huquqiy madaniyatning qadimiy yodgorligi bölmiş «Avesto», suğd huquqiy hujjatlari, şuningdek, islom sivilizatsiyasining buyuk merosi yaqqol dalolat beradi.

Movarounnahrda şakllangan qurʼonşunoslik, hadisşunoslik, islom huquqşunosligi — fiqh, ilohiyot va tasavvuf ilmiy maktablariga alohida eʼtibor qaratildi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiyning jahon diniy-falsafiy tafakkuri hamda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar rivojiga qöşgan beqiyos hissasi eʼtirof etildi.

Mintaqaning ilmiy merosi algebra, tibbiyot, astronomiya, geografiya, geodeziya va boşqa tabiiy fanlar sohasidagi ulkan yutuqlarni ham qamrab olgani taʼkidlandi. Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Uluğbek nomlari jahon ilm-fani tarixida alohida örin tutadi.

Nutqda Özbekistonning eng muhim tarixiy qadriyatlaridan biri bölgan bağrikenglik mavzusiga alohida örin ajratildi. Asrlar davomida hozirgi Özbekiston hududi turli xalqlar, dinlar, tillar va madaniyatlar tutaşgan makon bölib kelgani qayd etildi.

Millatlararo, dinlararo, tillararo va madaniyatlararo bağrikenglik mamlakat tarixiy merosining ajralmas qismi bölib, Yangi Özbekistonning öziga xos ramzlaridan biridir.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning xalqaro taşabbuslariga alohida eʼtibor qaratildi.

Konferensiyaning ilmiy dasturi doirasida Özbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov Markaziy Osiyo allomalarining ilmiy kaşfiyotlari va Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro missiyasi haqida maʼruza qildi. Jeneva diplomatik doirasi prezidenti Robert Blyum Özbekistondagi islom sivilizatsiyasi merosining umumbaşariy ahamiyatini yoritib berdi.

Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari Davronbek Maxsudov Yangi Özbekistonda maʼrifat va bağrikenglik masalalari yuzasidan sözga çiqdi. Germaniya vakili Ketlin Gyobel esa islom sivilizatsiyasining maʼnaviy va adabiy anʼanalari haqida maʼruza taqdim etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori örinbosari Otabek Муҳаммадиевнинг çiqişi Imom Buxoriy va Imom Termiziyning ilmiy merosiga bağişlandi. Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Şermuhamedov buyuk mutafakkir merosida bağrikenglik va möʼtadillik ğoyalarining ahamiyatiga töxtaldi.

Islom sivilizatsiyasi va Movarounnahrning buyuk allomalari merosiga bağişlangan körgazma tadbirning muhim qismiga aylandi.

Konferensiya yakunida ilmiy tadqiqotlar, madaniy merosni asraş, taʼlim va sivilizatsiyalararo muloqot sohalarida xalqaro hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi

Milliy markazi matbuot xizmati.