Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan hamkorlikda demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbirdan so‘ng ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning eng asosiy kapitali — yosh avlod.
Mazkur salohiyatni kelgusida demografik dividend manbaiga aylantirish uchun aholining, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga bugundan investitsiya kiritish zarur.
Shu maqsadda mamlakatda demografik prognozlash tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Shuningdek, «Demografik dividend – 2050» strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
«Mamlakatimiz kelajagi nafaqat aholi soni, balki eng avvalo ular qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi», — dedi Saida Mirziyoyeva.
Yangi strategiya aholining demografik o‘zgarishlarini uzoq muddatli prognoz qilish va mavjud salohiyatdan samarali foydalanish bo‘yicha yondashuvlarni belgilashi kutilmoqda.