Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumanida qiymati 86,1 million dollar bo‘lgan 150 MVt quvvatli (300 MVt·soat) energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi.

Shuningdek, kelgusida AMEA Power bilan hamkorlikda G‘ijduvon tumanida 200 MVt quvvatli (800 MVt·soat) energiya saqlash stansiyasini barpo etish rejalashtirilgan. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 200 million dollarni tashkil etadi.

Bundan tashqari, Qo‘ng‘irot tumanida qiymati 1,06 milliard dollar bo‘lgan 1 000 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi hamda 40 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘ini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, ushbu loyihalar O‘zbekiston energetika infratuzilmasini mustahkamlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish hamda energiya ta’minoti barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.