Bu haqda Oʻzbekiston davlat drama teatri maʼlum qildi.

Dono Boboxonova 1946 yil 20 noyabrda tavallud topgan. U Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlab, ijodiy faoliyatini «Yosh gvardiyachilar» teatrida boshlagan.

Aktrisa 1996 yilda «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist» faxriy unvoni bilan taqdirlangan. U milliy sahna sanʼati rivojiga ulkan hissa qoʻshib, koʻplab betakror obrazlar yaratgan.

Shuningdek, u ijodi davomida «Tilim qursin», «Chol va nabira», «Berlin-Oqqoʻrgʻon» kabi qator filmlarda mahoratli rollar ijro etgan.

Marhuma ortida katta oila qoldi — u toʻqqiz nabira va toʻrt evaraning mehribon buvisi edi.