Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman DSI masʼul shaxslari 86 nafar fuqaroning jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soligʻi uchun toʻlangan jami 119,7 mln soʻmlik soliq toʻlovlarini bank kassasiga kirim qilmasdan, ularga qalbaki cheklar takdim qilish orqali ushbu mablagʻlarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.