Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.E.” MCHJ tomonidan 2021-yilning avgust-noyabr oylarida tuman hududidan oqib oʻtuvchi “Zarafshon” daryosi oʻzanidan 7310,28 m3 qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy ravishda qazib olib, qayta ishlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish) va 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.