Joriy yilning 10-avgust kuni “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura Departamenti va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Xususan, Yangiyoʻl tumani, “Haqiqat” MFYda fuqaro J.A. ga qarashli fermer xoʻjaligi oʻzboshimchalik bilan, noqonuniy ravishda elektr tarmogʻiga ulanib olganligi natijasida davlat manfaatlariga 435 million 456 ming soʻm (967 680 kVt·soat) miqdorida zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.
Ushbu hajmdagi elektr energiyasi 4 ming 800 ta xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.
Aniqlangan holat yuzasidan tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.