Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tuman boʻlimi tomonidan “ANOR BANK” AJ murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.R.” MCHJ rahbari Sh.V. va boshqalar 65 nafar fuqaroning xabardorligisiz soxta maʼlumotlar orqali ularning nomiga bank sotuv shoxobchalari orqali jami 981,5 mln soʻm onlayn miqroqarz ajratilishiga erishib, ushbu mablagʻlarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.